Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistondagi bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi

A A A
O‘zbekistondagi bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi

O‘zbekistonda 17 kishi xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston IIV-DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2007 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida internet tarmog‘i orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh bo‘lishiga chaqiramiz. O‘zingizning taqdiringizga befarq bo‘lmang”, deyiladi IIV xabarida.

Kiritildi: 10:13 27.11.2024. O'qildi: 1520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!