O‘zbekistonda 2024 yil boshidan buyon necha kishi gaz bilan bog‘liq holatlar sabab 82 kishi vafot etdi, Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Hududgazta’minot” AJ boshqarma boshlig‘i Abdusattor Qayumov ma’lum qildi.
27 noyabr kuni o‘tkazilgan brifingda qayd etilishicha, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar Respublika bo‘yicha gaz bilan bog‘liq jami 74 ta holat sodir bo‘ldi. Buning oqibatida vafot etgan fuqarolardan tashqari 80 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
Ayrim holatlarda esa dudburon nosozligi oqibatida oilaning barcha a’zolari is gazidan zaxarlanib, vafot etdi.
“Afsuski ayrim fuqarolarning qoidalarni bilmasliklari, unutib qo‘yishlari, mensimasliklari yoki e’tiborsizliklari baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarmoqda”, deydi Abdusattor Qayumov.
Gaz bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar soni 2023 yilning shu davri bilan taqqoslaganda nisbatan kamaygan. O‘tgan yili gaz bilan bog‘liq jami 86 ta holat sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 88 kishi vafot etgan, 119 nafari turli darajadagi tan jarohatlar olgan.