Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda Yashil xayriya jamg‘armasi tashkil etiladi

A A A
O‘zbekistonda Yashil xayriya jamg‘armasi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 30 noyabrdagi qarori bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi. Bu haqida Lex.uz da qaror e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, prezidentning 2023 yil noyabr oyidagi farmoniga muvofiq 2025 yil 1 martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda «Yashil to‘lov» xayriya to‘lovlarini «Yashil olam» va «Yashil to‘lov» platformalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, Yashil to‘lov platformasi orqali respublikada daraxt va buta ko‘chatlarini ekishga aholini keng jalb qilish bo‘yicha Yashil xayriya jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilgan «Yashil to‘lov» xayriya to‘lovlari Yashil xayriya jamg‘armasida jamlanadi. Bunda «Yashil olam» elektron platformasi orqali amalga oshirilgan xayriya to‘lovlari Yashil xayriya jamg‘armasining alohida hisob varag‘iga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 16:42 04.12.2024. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!