Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida, eng kami Navoiy viloyatida qayd etilgan. Tug‘ilganlar orasida yetti egizak bor.
O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar beradi (https://t.me/ssvmatbuotkotibi/16294) Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Ularning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etilgan.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
– Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
– Toshkent shahri (112 nafar),
– Samarqand viloyati (101 nafar),
– Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etgan.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.