Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda yana bir agentlik tashkil etilmoqda

Agentlik to‘qimachilik, charm va ipak sanoatiga mas’ul bo‘ladi.

Prezident boshchiligidagi videoselektor yig‘ilishida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinishi e’lon qilindi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, agentlikka investisiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi.

Agentlik qoshida tajribali tadbirkorlardan iborat kengash tashkil qilinadi. Agentlikning alohida jamg‘armasi bo‘ladi, davlat ko‘magi, shuningdek to‘qimachilik korxonalariga arzon aylanma mablag‘ shu jamg‘arma orqali beriladi. Jamg‘armaga 200 million dollar ajratiladi.

Kiritildi: 16:23 13.08.2025. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!