Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda yana 400 ga yaqin odam koronavirus yuqtirdi, qurbonlar ham bor

A A A
O‘zbekistonda yana 400 ga yaqin odam koronavirus yuqtirdi, qurbonlar ham bor

2021 yil 11 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95467 (+395) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
– 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
– 8 nafari Andijon viloyatida,
– 3 nafari Buxoro viloyatida,
– 3 nafari Jizzax viloyatida,
– 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
– 2 nafari Navoiy viloyatida,
– 8 nafari Namangan viloyatida,
– 72 nafari Samarqand viloyatida,
– 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
– 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
– 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
– 5 nafari Xorazm viloyatida,
– 60 nafari Toshkent viloyatida,
– 216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar,
– Buxoro viloyatida 7 nafar,
– Namangan viloyatida 6 nafar,
– Samarqand viloyatida 78 nafar,
– Sirdaryo viloyatida 13 nafar,
– Farg‘ona viloyatida 5 nafar,
– Xorazm viloyatida 4 nafar,
– Toshkent viloyatida 48 nafar,
– Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 90976 (+312) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 666 nafarni tashkil qildi.

❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3825 nafar bemor davolanmoqda.

Kiritildi: 10:51 12.05.2021. O'qildi: 2344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!