Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda yana 30 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

A A A
O‘zbekistonda yana 30 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 2 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3750 (+32) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi (10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 7 nafari esa Tojikiston Respublikasidan chegara post orqali kirib kelgan) fuqarolar orasida, 7 nafari Buxoro viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari), 3 nafari Toshkent shahrida karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafar Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Kiritildi: 17:14 02.06.2020. O'qildi: 3778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!