O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Aktrisa "Maftuningman", "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Chinor tagidagi duel", "Temir xotin", "Temir erkak", “Niqob” kabi filmlarda o‘zga xos rollarni ijro etgan. Ayniqsa, “Maftuningman” filmidagi roli o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan.
Aniq.uz sayti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.