Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2023 yilda 74,7 yoshni tashkil etgan.
Yillar kesimida O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:
1991 yilda – 66,4 yosh
1995 yilda – 69,1 yosh
2000 yilda – 70,8 yosh
2005 yilda – 71,8 yosh
2010 yilda – 73 yosh
2015 yilda – 73,6 yosh
2020 yilda – 73,4 yosh
2024 yilda – 75,1 yosh
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasida 2025 yil 1 yanvar holatiga aholining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etdi.