Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda uy-joy narxlari hamon haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat

O‘zbekistonda uy-joy narxlari hamon haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda uy-joy bozoridagi narxlar o‘sishi to‘xtaganiga qaramay, narxlar hali ham o‘zining haqiqiy qiymatidan o‘rtacha 17 foizga yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu aholining haqiqiy daromadlari va kredit shartlariga nisbatan uylar hali ham juda qimmat ekanini anglatadi.

2023 yilda uy narxlari 18,2 foizga oshgan bo‘lsa, 2024 yilda bu o‘sish ancha sekinlashgan. Bu ayniqsa ipoteka shartlarining og‘irlashgani va bozorda real narxlar shakllana boshlashi bilan bog‘liq. Ipoteka foizlarining o‘sishi, to‘lov muddatining qisqarishi natijasida aholining qarz to‘lash imkoniyati kamaydi.

O‘tgan yili o‘rtacha ish haqi 17,8 foizga o‘sgan bo‘lsa, ipoteka to‘lovlari 44 foizga ko‘tarilgan. Shu tufayli odamlarning uy xarid qilish qobiliyati 27 foizga pasaygan.

2024 yil davomida 329 mingta uy sotilgan — bu 2023 yilga nisbatan 2,2 foizga kam. Ipoteka kreditlari hajmi 17,1 trln so‘mni tashkil etdi va uning 92 foizi uy sotib olishga yo‘naltirildi. Shu bilan birga, kreditlar soni 14 foizga kamaydi.

Ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori 291 mln so‘mni tashkil etdi, bu 2023 yilga nisbatan 18 foizga ko‘p. Kredit foiz stavkalari o‘rtacha 0,5 foizga oshib, 19,8 foizni tashkil qilgan. Markaziy bank ma’lumoticha, talabning pasayishi va kredit shartlarining og‘irlashishi banklar uchun ham tavakkalchilikni kamaytiradi.

Kiritildi: 17:14 07.06.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!