Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid bo‘lgan nom bilan MCHJ ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Cevara Zakirova bu xabarga izoh berdi.
"Mazkur xabar yolg‘on va xaqiqatga mos kelmaydi. Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud", deya yozdi u telegramdagi sahifasida.