Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda o‘quvchilarning matematikadan olgan bahosi geometriya faniga amal qilmaydimi?

O‘zbekistonda o‘quvchilarning matematikadan olgan bahosi geometriya faniga amal qilmaydimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining matematikadan olgan bahosi geometriya faniga amal qilmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Respublika ta’lim markazi matbuot kotibi mazkur xabarlarga oydinlik kiritdi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan yakuniy attestasiyada o‘quvchining olgan imtihon bahosi algebra faniga qo‘yiladi, biroq geometriyaga amal qilmasligi haqidagi noto‘g‘ri ko‘rsatmalar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-, 11-sinflarida matematika fanidan imtihon yozma ish shaklida o‘tkazilishi tavsiya etilgan.

O‘quvchi mazkur imtihondan yozma ishda belgilangan ballar asosida qaysi bahoni olsa, algebra faniga ham, geometriyaga ham shu baho qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 00:56 30.05.2023. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!