Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda turistik mahallalar, qishloqlar va ovullar paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda turistik mahallalar, qishloqlar va ovullar paydo bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2019 yilning 1 noyabridan e’tiboran Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi eng yuqori turizm salohiyatga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘inlari (shaharcha, qishloq, ovullar hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) ro‘yxatini shakllantira boshlaydi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan taqdirda va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlantirish xizmatlaridan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda, ularga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomi beriladi.

2020 yildan boshlab «Turizm mahallasi», «Turizm qishlog‘i» yoki «Turizm ovuli» maqomining berilgan fuqarolar yig‘ini «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlariga kiritiladi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 22:30 13.08.2019. O'qildi: 1484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!