Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi

A A A
O‘zbekistonda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi

“Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi, deb xabar beradi Norma.

Unga ko‘ra, “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi direktori:

  • Prezident Administrasiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
  • Loyiha ofisi direktoriga tegishincha maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari hamda oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi.

2024 yilda Loyiha ofisi quyidagilar bilan shug‘ullanadi:

  • pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish;
  • pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlarini tizimli rivojlantirish;
  • professional ta’limdan so‘ng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, uch yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
  • ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining ayrim funksiyalarini (ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash, ta’lim dasturlarini akkreditasiyadan o‘tkazish va boshqalar) nodavlat, shu jumladan, xalqaro tashkilotlarga autsorsingga berish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 5 fevraldan kuchga kirdi.

Kiritildi: 09:41 09.02.2024. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!