Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkaziladi, faqat onlayn

O‘zbekistonda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkaziladi, faqat onlayn

Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun darslar onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. Karantin talablariga ko‘ra bu yil maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu esa bitiruvchilarning kayfiyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Chunki maktab bilan xayrlashuv tadbiri bir umr insonning xotirasida saqlanib qoladigan holatlardan biridir.

O‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tarish va ularga yoqimli xotiralar taqdim etish maqsadida UZREPORT TV ​ Xalq ta’limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” onlayn loyihasini tashkil qilishga qaror qildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” onlayn tadbirida maktab direktorlari, o‘qituvchilar va ota-onalar bitiruvchilarni bayram bilan onlayn tarzda tabriklashadi. Shuningdek, bitiruvchilarning o‘zlari ham jonli efirda o‘z do‘stlari va ustozlariga tilaklar bildirish imkoniga ega bo‘lishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z postlarida #bitiruvchi_2020_online​ xeshtegidan foydalangan holda har bir inson ushbu bayramga qo‘shilishi mumkin.

Va albatta tadbir nihoyasida so‘nggi qo‘ng‘iroq jiringlab, “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i birgalikda kuylanadi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq — bitiruvchilar va ularning oilalari doimo orziqib kutadigan an’anadir. Mavjud vaziyat tufayli biz o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik, shu sababli, mazkur tadbirni onlayn ravishda tashkil etmoqdamiz. Umid qilamizki, bu tadbir maktab o‘quvchilari uchun an’anaviy bayramning ajoyib muqobili bo‘lib, katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga pozitiv kayfiyat baxsh etadi”, — dedi UZREPORT TV​ bosh muharriri birinchi o‘rinbosari Alisher Azimov.
Tadbirni 25 may kuni soat 08:30 da UZREPORT TV​ da hamda telekanalning Facebook va YouTube sahifalari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Kiritildi: 17:35 23.05.2020. O'qildi: 3538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!