“O‘zbekkosmos” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilning birinchi yarmida 2 000 ga yaqin dalalarda somon yoqish holati aniqlangan va bu holatlar huquq organlariga yuborilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gektar yerda somon yoqilganda:
• 500 g azot oksidi
• 379 g uglevodorod
• 3 kg kul
• 20 kg is gazi va uglerod oksidi atmosferaga chiqadi.
Bu moddalar atmosferani zaharlaydi, odamlarda sil va saraton kasalliklari xavfini oshiradi.
Somon va o‘simlik qoldiqlarini yoqish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. MJTKning 88-moddasiga ko‘ra, fuqarolarga 3–5 BHM, mansabdor shaxslarga 5–10 BHM miqdorida jarima qo‘llaniladi. Shuningdek, yetkazilgan zarar qoplanishi kerak.