Internet tarmog‘ida yurtimizda Siam egizaklari dunyoga kelgani haqida xabar tarqalmoqda. Unda onada homiladorlik davridagi shamollash tufayli embrion hujayralarida yuz bergan o‘zgarish sabab chaqaloq shu ahvolda dunyoga kelgan, deyilgan.
SSV Matbuot xizmati vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida vazirlikning Bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Nilufar Mansurova bilan bog‘landi. Mas’ul xodimning ma’lum qilishicha, ayni paytda mamlakatimizdagi birorta muassasada bunday tug‘ruq qayd etilmagan.
«Shu sababdan ham, vazirlik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan va internet sahifalari ma’murlaridan yolg‘on va asossiz xabarlar tarqatmasliklarini so‘rab qoladi», deyiladi SSv xabarida.