Avval Kaliforniya gubernatori lavozimida ishlagan amerikalik kinoaktyor va prodyuser Arnold Shvarsenegger Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatladi.
"Terminator" filmi yulduzi Shvarsenegger X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu masalada o‘z pozisiyasini tushuntirdi va har doim "birinchi navbatda amerikalik, keyin esa respublikachi" bo‘lishini aytdi.
"Men Kamala Xarris va (demokratlardan AQSh vise-prezidentligiga nomzod) Tim Uolsga ovoz beraman," - deb yozdi u.