Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish keskin kamaydi

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish keskin kamaydi


Ishlab chiqarish hajmi pasayishi va importning qisqarishi shakar bozorida narxlar hamda ta’minot barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarmida mamlakatda 165,5 ming tonna shakar ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62 ming tonnaga kamaygan.

So‘nggi uch yillik ma’lumotlar ham sohada keskin pasayishni ko‘rsatmoqda. 2023 yilda 332,6 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu hajm 227,8 ming tonnaga tushgan. Joriy yilning olti oyida esa 165,5 ming tonnadan oshmagan.

Shakar importi ham sezilarli darajada kamaygan. 2025 yil 1 may holatiga ko‘ra, mamlakatga 223,9 million dollarlik shakar va konditer mahsulotlari kiritilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga kamdir.

Birja savdolari ma’lumotlariga ko‘ra, 11–17 avgust kunlari 3 146 tonna shakar sotilgan. Kunlik o‘rtacha sotuv hajmi 629 tonna bo‘lib, birja narxi 12 720–12 870 so‘m oralig‘ida shakllandi.

Mutaxassislar fikricha, ishlab chiqarish va import hajmining qisqarishi ichki bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Avvalo, talab o‘zgarishsiz qolgan holda narxlar ko‘tarilishi ehtimoli yuqori. Shuningdek, rasmiy kanallarda ta’minot yetarli bo‘lmasa, noqonuniy savdo va spekulyativ narx belgilash holatlari kuchayishi mumkin.

Shakar qandolat, non, ichimlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy xomashyosi hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi kamayish ularning tannarxi va shu bilan birga, iste’mol bozoridagi umumiy narxlar oshishiga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 17:08 02.09.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!