Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
Mazkur ko‘krak nishoni bilan seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi, aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar har yili 15 sentyabrga qadar Fanlar akademiyasiga taqdim etiladi. Bunda nomzodlarni tanlashda quyidagilar inobatga olinadi:
Ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi har yili 13-oktyabr – Tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish xalqaro kuni arafasida Fanlar akademiyasi prezidenti (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 14 sentyabrdan kuchga kirdi.