Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda qurilish sohasida 1,6 mingdan ortiq xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda qurilish sohasida 1,6 mingdan ortiq xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 iyun holatiga O‘zbekistonda chet el investisiyalari ishtirokida jami 19 921 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng ko‘p xorijiy korxonalar savdo sohasida qayd etilgan. Ularning soni 7 114 tani tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda sanoat sohasi — 3 928 ta, qurilish sohasi esa 1 632 ta xorijiy investisiya ishtirokidagi korxona bilan joylashgan.

Statistikaga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 1 601 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 878 ta xorijiy korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tashish va saqlash sohasida 613 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 520 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 228 ta xorijiy investisiya ishtirokidagi korxona ishlayotgan bo‘lsa, boshqa yo‘nalishlarda ularning soni 3 407 tani tashkil etgan.

Kiritildi: 18:35 16.07.2026. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!