Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kooperativi tashkil etiladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kooperativi tashkil etiladi

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

“Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-995-son, 08.11.2024 y.) qabul qilindi.

Qonun qishloq xo‘jaligi kooperativining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi kooperativi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti hisoblanadi.

Kooperativ qishloq xo‘jaligi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va realizasiya qilish, shuningdek qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

16 yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativ ustavi talablariga javob beradigan yuridik shaxslar kooperativ a’zolari bo‘lishi mumkin.

Kooperativ a’zolarining reestri kooperativ boshqaruvi tomonidan yuritiladi va unda kooperativning har bir a’zosi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar kooperativning qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 02:13 12.11.2024. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!