Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda qancha maydonni chigirtka bosdi?

O‘zbekistonda qancha maydonni chigirtka bosdi?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yurtimizga zararli chigirtkalar kirib kelishining oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha zararli chigirtkalar 327,4 ming gektar maydonda tarqalgani aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi. Shuningdek, mahalliy byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlov o‘tkazishni ta’minlaydigan kimyoviy vositalar zahirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnika va 700 dan ortiq ishchilar jalb qilingan. 

Mazkur chora-tadbirlar Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:12 04.06.2020. O'qildi: 4556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!