Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda piyoz eksporti vaqtincha cheklandi

O‘zbekistonda piyoz eksporti vaqtincha cheklandi

2023 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistonda 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etildi.

Ushbu qaror ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Bugungi kunda hududlarda jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi tasdiqlanmoqda. Bu esa joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, aholi iste’mol talabi doirasida mavjud zaxiraga qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:53 20.01.2023. O'qildi: 2334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!