Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda OTMlar uchun 1 Gbit/sekund tezlikdagi internet tariflari chiqarildi

A A A
O‘zbekistonda OTMlar uchun 1 Gbit/sekund tezlikdagi internet tariflari chiqarildi

Universitetlar uchun 1 Gbit/sekund tezlikdagi internet tariflari chiqarildi.

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida «O‘zbektelekom» AK bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zafarov ma’lum qildi.

«Ijtimoiy soha ob’ektlarini optik tolali Internet bilan ta’minlash vazifasi oldimizga qo‘yilgan edi. Bu yil shu topshiriqqa binoan 10 154 ta maktab, 5 781 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va 3,5 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash ob’ekti qamrab olindi.

Joriy yil oxirigacha respublikada mavjud maktablarning 78 foizini Internet tizimiga ulash ko‘zda tutilgan. Sog‘liqni saqlash va maktabgacha ta’lim ob’ektlarini aloqa liniyalariga ulash ishlari esa yil yakuniga qadar 100 foiz ko‘rsatkichda bajariladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda universitetlarga 1 Gbit/s tezlikdagi tariflarni chiqardik. Narxlar hayratlanarli darajada arzonlashtirilgan. Hozirda deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari ushbu tarifdan foydalanmoqda», dedi u.

Kiritildi: 16:07 11.12.2020. O'qildi: 2436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!