O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining O‘zmedimpeks davlat unitar korxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi.
Endilikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazorat qilish hamda farmasevtika faoliyatini lisenziyalash Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari bu funksiyalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan.
Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari belgilandi.
Farmasevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish shular jumlasidandir.
Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari milliy ishlab chiqaruvchilariga kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 10 milliard so‘mdan oshmaydigan mablag‘ga kafillik beradi.
2019 yil 1 iyuldan import dori vositalari va tibbiyot buyumlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im undiriladi.
2022 yilning 1 yanvargacha quyidagilar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim:
Farmon bilan 2019 2021 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Yo‘l xaritasi doirasida 2019 yil 1 iyulgacha import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
2019 2021 yillarda 10 turdagi dori vositalari guruhlarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi. Antibiotiklar, viruslarga qarshi hamda onkologik kasalliklar uchun dori vositalari shular jumlasidandir.
2022 yil 1 yanvargacha farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ixtisoslashgan institutlar va oliy ta’lim muassasalari o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmasevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan apteka ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan quyidagi vositalar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi:
Manba: daryo.uz