Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida Chevrolet Onix avtomobili ommaviy ishlab chiqarilishining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Onix ham Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarilmoqda. Loyihaga 427,6 mln dollar investisiya kiritilgan.
“Korxonalarning injenerlik salohiyati va texnik jihozlanishi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgacha mahalliylashtirishga imkon berdi, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi”, – deya rasman ma’lum qildi UzAuto Motors.
Tadbirda aytilishicha, Onix uchun O‘zbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detalning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilgan. Bunda 312 mln dollarlik yangi zavodlar qurib ishga tushirilgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, amalga oshirilgan loyihalar O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga yetkazish uchun “barcha sharoitlarni yaratgan”.
Onix dvigatellari UzAuto Motors Powertrain korxonasida ishlab chiqarilmoqda. Avtomobil komplektasiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:
Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.
4LT komplektasiyasi bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish (smart key) va yoqish (start/stop) tizimlari, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.
LS komplektasiyasidan tashqari barcha komplektasiyalar Bluetooth, Hands-free va 8 dyuym hajmdagi sensor displeyli rusifikasiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.
Avtomobilning soddalashtirilgan komplektasiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizasiya, kondisioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi o‘rindig‘ini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa opsiyalarga ega.
Bundan tashqari, komplektasiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka ko‘tarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar o‘chishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), to‘xtash tizimi datchiklari (Park Assist) va bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatish tizimi (Isofix) bilan jihozlangan.
Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESS (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.
Soddalashtirilgan komplektasiyadan tashqari barcha komplektasiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi bor.
2023 yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qo‘shimcha opsiyalar: