Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshdi

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi rekord darajada oshdi

O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quymasining narxi birinchi marta 5,7 million so‘mdan oshdi.

Oltin quyma va esdalik tangalar narxi yana rekord darajaga yetdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank.

18-oktabr, juma kuni bir gramm oltin narxi 1,2 foizga oshib, 1 148 740 so‘mni tashkil qildi. Eng kichik 5 grammli barning narxi 5 744 000 so‘mni tashkil qildi.

Avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich uch hafta oldin qayd etilgan edi, biroq besh kunlik o‘sishdan so‘ng oltin vaqtinchalik arzonlashdi. Yil boshidan buyon uning narxi 35,5 foizga oshgan. Jahon bozorida ham o‘sish kuzatilmoqda – dekabrdagi shartnomalar bo‘yicha troy unsiyasi 2710 dollarga yetdi, bu bir gramm uchun 87,14 dollarni tashkil etadi.

Mutaxassislar oltin narxining oshishini, ayniqsa, AQSh saylovlari oldidan global noaniqlikning kuchayishi bilan izohlamoqda. UBS Group prognozlariga ko‘ra, bozordagi o‘zgaruvchanlik saylovlar yakunlanib, yangi ma’muriyat tasdiqlanmaguncha davom etadi.

Kiritildi: Bugun 14:46. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!