Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

“Yo Ukrainada yadro quroli bo‘ladi yoki u NATOga qo‘shiladi”

“Yo Ukrainada yadro quroli bo‘ladi yoki u NATOga qo‘shiladi”

Zelenskiy Donald Tramp bilan suhbati tafsilotlarini aytib berdi.

"Donald Tramp bilan suhbatda men unga shunday dedim: Bizda qanday yo‘l bor? Yoki Ukraina yadroviy qurolga ega bo‘ladi - bu biz uchun himoya bo‘ladi. Yoki bizda qandaydir ittifoqa a’zo bo‘lishimiz kerak".

Ukraina prezidenti Tramp uni “eshitganini” va Ukraina tomonining dalillarini adolatli deb hisoblaganini qayd etdi.

Zelenskiy Tramp bilan suhbatda unga 1994 yilgi Budapesht memorandumini eslatib o‘tganini bildirdi. Ushbu hujjatga ko‘ra, yadroviy quroldan voz kechish evaziga Ukrainaga hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish va’da qilingan edi.

"Men unga aytdim: Yoki Ukraina yadro quroliga ega bo‘ladi – bu bizning himoyamiz uchun zarur, yoki bizda qandaydir ittifoq bo‘lishi kerak. Biz bugungi kunda NATOdan boshqa hech qanday samarali ittifoqlarni bilmaymiz", — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina yadro quroliga ega bo‘lishdan ko‘ra NATOni tanlaydi va Tramp uning fikrlarini eshitgan.

Kiritildi: 21:50 17.10.2024. O'qildi: 3849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!