Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda OAV va faollarning Instagram akkauntlari ommaviy o‘chirildi

O‘zbekistonda OAV va faollarning Instagram akkauntlari ommaviy o‘chirildi

So‘nggi bir kun ichida O‘zbekistondagi bir qator OAV va jamoat faollarining Instagram sahifalari Meta tomonidan o‘chirib qo‘yildi. Sabab sifatida “firibgarlik va aldovga qarshi hamjamiyat me’yorlari” buzilgani ko‘rsatilgan.

O‘chirilgan sahifalar orasida ekofaol Mo‘’tabar Xushvaqtova, “Yashil Uyim” loyihasi, Hook Report vaSarpa Media bor.

⚠️Faollar va tahririyatlar, ogohlantirish bo‘lmagani va apellyasiya berish imkoni berilmaganini ma’lum qilmoqda. Bu holat muvofiqlashtirilgan shikoyatlar yoki rejalashtirilgan hujum bo‘lishi mumkinligini
ta’kidlamoqda.

🗣 Nemolchi.uz loyihasi Meta va xalqaro tashkilotlarni ushbu holatni so‘z erkinligi va raqamli xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga, shaffof izoh berishga chaqirdi.

Hozircha Meta tomonidan rasmiy va aniq tushuntirish berilmagan.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!