Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda narxi 3000 $ bo‘lgan elektromobil ishlab chiqarishmoqchi (VIDEO)

A A A
O‘zbekistonda narxi 3000 $ bo‘lgan elektromobil ishlab chiqarishmoqchi (VIDEO)

Ma’lumki bir guruh rossiyalik avtoblogerlar yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib qaytishdi. Tashrif davomida ular turli superavtombillarni test qilish bilan birga, bir kichik va arzon elektromobilni ham sinovdan o‘tkazishdi.

Ushbu avtomobilchani test-drayv qilish biz uchun O‘zbekistondagi eng kutilmagan hodisa bo‘ldi. Ushbu apparatni O‘zbekistonda ishlab chiqarib, 3000 dollar atrofida sotish rejalashtirilmoqda, - deb yozadi bloger Alan Yenileev.

Avtomobil o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan bizni hayratga soldi.U Mercedes Benz avtomobiliga juda o‘xshash, hatto salonida ham. Undan tashqari biz ushbu avtomobilda kichik poyga ham uyushtirdik, deydi Yenileev

Xabar so‘ngida bloger - Siz 3000 dollarga qanday avtomobil sotib olgan bo‘lardingiz ? Ushbu AMG-TESLAnimi yoki boshqa avtomobilni?, - deb o‘z muxlislariga savol bilan murojaat qilgan.

Javoblar orasida 3000 dollarga shu avtomobilni sotib olib tyuning qilgan bo‘lardim, degan kishilar juda ko‘p.

Kiritildi: 17:10 24.09.2019. O'qildi: 25030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!