O‘zbekistonda 24—25 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mabuot xizmati xabar berdi.
Hashar “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida o‘tkaziladi.
Hashar doirasida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va boshqa joylar obodonlashtiriladi. Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami qo‘llab-quvvatlanadi.