Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda "MINEX Central Asia 2025" xalqaro forumi o‘tkaziladi

A A A
O‘zbekistonda "MINEX Central Asia 2025" xalqaro forumi o‘tkaziladi

Joriy yilning 24–26 iyun kunlari Markaziy Osiyodagi eng yetakchi soha tadbirlaridan biri “MINEX Central Asia 2025” xalqaro forumi o‘tkaziladi. O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) mezbonligida tashkil etilayotgan ushbu tadbir kritik minerallar bo‘yicha global masalalarga qaratilgan.

Bugungi kunda dunyoda texnologik metallarga bo‘lgan talab keskin oshib bormoqda. Bu talab esa O‘zbekistonning strategik zahiralarini dunyo diqqat markaziga chiqarmoqda. “MINEX Central Asia 2025” forumi aynan shu murakkab va mas’uliyatli davrda mintaqaning yetuk salohiyatini namoyon etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va barqaror yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydonga aylanadi.
Forumda Markaziy Osiyo, Yevropa, Buyuk Britaniya, AQSH, Ozarbayjon, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Kanada kabi davlatlardan nufuzli kompaniya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

"MINEX Central Asia 2025" doirasida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

- Nodir metallar bo‘yicha ishlab chiqarishdan to qayta ishlashgacha bo‘lgan barqaror ta’minot zanjirlarini yaratish;
- Mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy ishonch muhitini shakllantirish;
- ESG standartlari va barqaror konchilik amaliyoti;
- Qayta ishlash, raqamlashtirish va innovasiyalar;
- Ilmiy hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
- Global ta’minot zanjirlariga integrasiya va tashqi investorlar ishtirokidagi yuqori texnologik loyihalarni targ‘ib qilish.


“MINEX Central Asia 2025” nafaqat xalqaro miqyosdagi professionallar, balki O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot modelini xalqaro maydonga olib chiqishga intiluvchi barcha mutaxassislar uchun muhim platformaga aylanadi.

Batafsil ma’lumot va ro‘yhatdan o‘tish uchun:

https://2025.minexasia.com

Kiritildi: 18:32 30.05.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!