2026 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqiladigan ilova orqali fuqarolar mahalla profilaktika inspektori bilan onlayn muloqot qilishi, foto, video va xabar yuborishi hamda inspektor faoliyatini baholashi mumkin bo‘ladi.
Qarorga ko‘ra, mahallalarda ijtimoiy profilaktika ustuvor yo‘nalish etib belgilandi. Kriminal vaziyati og‘ir mahallalar hokimlar, prokurorlar va IIB rahbarlariga biriktiriladi.
Shuningdek, jinoyatchilikni kamaytirish, ayollar va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, murojaatlarga tezkor javob berish asosiy vazifa qilib belgilandi.