Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda masjidlar ochiladimi?

O‘zbekistonda masjidlar ochiladimi?

Ma’lumki, karantin tufayli ko‘plab ijtimoiy soha ob’ektlari qatori yurtimizdagi jome’ masjidlari ham vaqtincha yopilgan, jamoat va juma namozlari, hatto Ramazon hayiti namozi ham o‘qilmadi. 

Ayni soatlarda ijtimoiy  tarmoqda O‘zbekitondagi masjidlar kirish darvozasi oldiga dezinfeksiya qiluvchi uskunalar o‘rnatilayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoga olgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining aytishicha, yaqin kunlarda masjidlar ochilishi mumkin...

"Azon.uz" bu xabarga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga murojaat qildi, ammo hali biror rasmiy javob olmadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasidagi mas’ullari bilan ham aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmadi.

Mazkur xabarni kuzatishda davom etamiz...

Kiritildi: 16:29 30.05.2020. O'qildi: 5095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!