Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar 2025 yil 1 martdan va 1 avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
“Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishonchli manbalarga tayanishni va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi.