Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyoti mustahkamlanadi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyoti mustahkamlanadi

2024 yil 24 aprel kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma muvofiqlashtiruvchi kengashning 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur texnik hamkorlik loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) o‘rtasida 2021-yil 11-iyun kuni imzolangan uchrashuv bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda.

Qo‘shma loyihaning asosiy maqsadi ijtimoiy moslashuv uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha va maktab yoshidagi nogiron bolalarni qamrab olishni ta’minlashga qaratilgan.

Uchrashuvda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori maslahatchisi SH.Asqarov, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari K.Mishima, loyiha ishchi guruhi rahbari K.Xoriba boshchiligida loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda birgalikdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi hamda keyingi harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

Kiritildi: 10:01 27.04.2024. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!