O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini innovasion rivojlantirish haqida prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda UzA.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, Moliya hamda Innovasion rivojlanish vazirliklari taklifiga binoan, O‘zbekistonda San’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil qilinadi. Jamg‘arma, mahalliy hamda xorijiy donorlar va mesenatlar mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
“Renovasiya dasturini, “Yo‘l xaritasi”ni hamda respublikaning madaniyat va san’at sohasini innovasion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamg‘armaga lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish huquqi berilsin”, - deyilgan prezident qarorida.
Lotereya chiptalarini tarqatish va ular bo‘yicha yutuqlarni to‘lash “O‘zbekiston pochtasi” va Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.