Muloqot chog‘ida aholi soni o‘sib borayotgan O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishda Yaponiya tajribasi va texnologiyasini joriy etish, mutaxassislarni jalb qilish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, yurtimizda akvakultura sohasini rivojlantirish, sovuq suv baliqlari va ilg‘or texnologiyalar asosida qisqichbaqasimonlarni (krevetka) sanoat miqyosida yetishtirish yo‘lida hamkorlik xususida fikr almashildi.Jumladan, O‘zbekistonda krevetka yetishtirish uchun mavjud shart-sharoitlar, tabiiy va sun’iy suv havzalari, suv hajmi va sho‘rlik darajasi kabi zaruriy ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida yurtimizda Yaponiya tajribasi asosida krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.