Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirusning 4ta shtammi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusning 4ta shtammi aniqlandi

O‘zbekistonda COVID-19ning 4ta shtammi aniqlandi.
Innovasion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, bu yilning boshi va I-choragida koronavirusning alfa shtammi tarqalishi kuzatilgan bo‘lsa, yil II yarmida esa delta shtammi keng tarqaldi.

"Hozirga kelib esa ilgari qayd etilmagan yangi mutasiyalar aniqlanmoqda, bu bosqichda ma’lumotlar umumlashtiriladi va ularning bioinformatik tahlili, shuningdek, tadqiqot natijalari nashrga tayyorlanadi", — deyilgan xabarda.
Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari professor Alisher Abdullayevga ko‘ra, respublikada COVID-19ning to‘rtta shtammi mavjud.
Ularning bittasi "asl" Uxan shtammiga yaqin, u koronavirusga chalinganlarning taxminan 1 foizida aniqlandi. 20A shtammi esa 7 holatda kuzatilmoqda. Shuningdek, yana bir turi "britancha" shtamm bo‘lib, u esa taxminan 10 foizda qayd etilgan.
Bemorlarning 82 %dan ortig‘i — delta "hindcha" shtammi bilan zararlandi.

Kiritildi: 21:14 27.11.2021. O'qildi: 3808 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!