O‘zbekitonda Covid-19 virusini qasddan tarqatish va epidemiya vaqtida tibbiyot xodimlariga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilanganmi?
Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov:
O‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka jinoiy sabab bo‘ladi.
Xususan, Jinoyat kodeksiga asosan:
qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
haqorat qilish – BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.