Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda ishsizlikdan xoli mahallalar soni 2 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda ishsizlikdan xoli mahallalar soni 2 mingtaga yaqinlashdi

Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetadi.

Bu davlat va jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi.

Bu borada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratildi. Birgina “Yoshlar daftari” orqali o‘tgan yili 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

O‘tgan 8 yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra ko‘payib, bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini yoshlar tashkil etmoqda.

Ishsiz yoshlar 2 karra kamaydi. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 889 taga yetdi.

Shu bilan birga, Sho‘rchi, Buvayda, Furqat, Kasbi, Forish tumanlarida ishsiz yoshlar ko‘pligi u yerdagi rahbarlarning mas’uliyatsizligidan dalolatligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kiritildi: 14:34 14.02.2025. O'qildi: 1139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!