Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil fevral oyida 1085 birlikni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 8,5 foizga oshdi. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 33 foizlik o‘sish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2022 yilning fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 8,5 foizga oshib, 1085 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
Hududlar kesimida Xorazm viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2022 yil fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 12 ta hududda o‘tgan oyga (2022 yil yanvar) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Xorazm (70,4%), Namangan (46,9%), Surxondaryo (46,0%) va Jizzax (23,7%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).
Shu bilan birga, ushbu indeks 2 ta hududda kamaygan. Xususan, Toshkent (- 1,9%) va Andijon (- 0,7%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YICHA OPERASIYALAR
2022 yil fevral oyida banklararo to‘lov operasiyalari soni 4 964,6 ming tani tashkil etdi va 2022 yilning yanvar oyiga nisbatan 703,6 ming tranzaksiyaga (16,5%) oshgan.
Banklararo to‘lov operasiyalari soni barcha hududlarda oshgan.
2022 yil fevralda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operasiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Navoiy (23,1%), Qashqadaryo (19,5%), Samarqand (19,3%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (18,7%) kuzatilgan.
TOVAR-XOM ASHYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2022 yilning fevral oyida IFIning birja komponenti 1 0599 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,0 foizga o‘sganligini anglatib, bitimlar sonining (9,6%) oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil fevral oyida 6 273,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 14,4 foizga oshgan.
XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari bo‘yicha komponent 2022 yil fevral oyida 1 0291 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,9 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 9,6 foizga oshgan.
2022 yil fevral oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni 2022 yilning yanvar oyiga (577 914 birlik) nisbatan 3 861 taga ko‘payib, 581 775 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 286 taga oshgan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 467 096 tadan 470 712 tagacha oshgan (o‘sish 3 616 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 107 751 tadan 107 710 tagacha (pasayish 41 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’ektlar soni 3 353 tani tashkil etib, 2022 yilning yanvar oyiga nisbatan 286 taga oshgan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2022 yil fevral oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,9043 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning yanvar oyiga nisbatan 9,6 foizga kamaygan. Joriy yilning fevral oyida yuridik shaxslar tomonidan 312 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.