Ilgari 21,5% bo‘lgan ipoteka stavkasi endilikda 19,5% etib belgilandi.
Yangi ipoteka shartlari:
➖ Kredit muddati: 20 yilgacha;
➖ Maksimal summa: Toshkentda 800 mln so‘m;
➖ Boshqa hududlarda: 500 mln so‘m;
➖ Boshlang‘ich to‘lov: kamida 25%;
➖ Qarz yuki ko‘rsatkichi: Oylik daromadning 50% dan oshmasligi kerak;
➖ Qarz oluvchi yoshi: 18 yoshdan 60 yoshgacha.
Nega stavka pasaytirildi?
Prezident farmoni (PF-26) asosida ipoteka kreditlarini qulaylashtirish va uy-joy bozorini rag‘batlantirish maqsad qilingan.
Ipoteka kreditini quyidagi banklar taqdim etadi:
Hamkorbank, InfinBank, Orient Finans Bank, «Agrobank», «Asakabank», «Ipoteka bank», «Xalq banki», «Turonbank», NBU va BRB.
Bozorda talab va taklif muvozanatiga qarab kelgusida yana o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli bor.