Bugun 7 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagidagilar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagidagilar uchun mehnat  yarmarkasi o‘tkazildi

Yurtimizda ilk bor chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. 2020 yil 15 yanvar kuni Andijon hamda Qashqadaryo viloyatida tashkillashtirilgan yarmarkalarda xorijlik ish beruvchilar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishdi.

Andijonda tashkil etilgan tadbirda Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti rahbari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari ishtirok etdi. 

Endi ish beruvchilar haqida. 
Yarmarkada Rossiya Federasiyasi, Latviya, Bolgariya vakillari o‘z takliflari bilan ishtirok etdi. Shuningdek ularning qatorida yurtimizda faoliyat yuritadigan 20 ga yaqin xususiy bandlik agentligi vakillari ham qatnashdi. Yarmarkaga tashrif buyurgan mingdan ziyod fuqaro esa jami 150 ga yaqin yo‘nalishda 9000 dan ziyod xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish imkoniga bo‘ldi.

Natija qanday bo‘ldi? 

Yarmarkada ishtirok etgan 500 nafarga yaqin fuqaro ish beruvchilar taqdim etgan ish o‘rinlarida faoliyat ko‘rsatish istagini bildirdi.

Nima kutilyapti? 
Bu kabi yarmarkalar yurtimizda xavfsiz, tartibli, tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Kiritildi: 09:24 16.01.2020. O'qildi: 2356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!