5-6 iyun kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida bo‘lib qaytdi.
Prezident Mirziyoyevning bu tashrifi o‘zbek OAV uchun bir jihat bilan alohida ahamiyatli: bu gal ilk bor mamlakatdagi 5ta xususiy internet nashrga prezident safarini bevosita joyidan turib yoritish uchun ruxsat berildi. Xususan, Kun.uz, Daryo.uz, Gazeta.uz, Xabar.uz va Uznews.uz internet saytlari muxbirlari tashrif jarayonlarini Farg‘onadan turib yoritib bordi.
Shu paytga qadar esa prezident tashrifi tafsilotlari faqat uning matbuot xizmati va davlat telekanallari orqaligina aholiga yetkazib kelinardi.