Bugun 7 iyun, 2020 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berilgani rostmi?

O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berilgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berildi” deya yolg‘on xabar tarqala boshladi

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish  Davlat xizmatlari agentligi tizimiga kiruvchi FHDYo bo‘limlari vakolati doirasida bo‘lgani bois, rasmiy munosabat bildirdi.

1️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

2️⃣ Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nikoh tuzishga loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

3️⃣ Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qisqartmasi — VMQ etib belgilanadi. PQ deyilganda Prezident qarori ko‘zda tutiladi.

4️⃣  2020 yil 10 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarqalayotgan xabarda ko‘rsatilgan qaror qabul qilinmagan.

5️⃣ Ma’lumot tariqasida, O‘zbekistonda hozirgi kunda demografik ko‘rsatkich bilan hech qanday muammo yo‘q. Bir yilda o‘rtacha 750-800 mingga yaqin bolalar tug‘ilishi qayd etilmoqda.

Kiritildi: 14:59 20.05.2020. O'qildi: 18745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!