Bugun 27 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

«O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

«O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Progressiv islohotlar markazi Yevrosiyo Jamg‘armasi bilan hamkorlikda 2024 yilning 27 sentyabr kuni O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlariga taqdim etish maqsadida davra suhbati tashkil etdi.

Davra suhbatida bir qancha davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari qatnashdi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Oila va zotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi mutaxassisliari, O‘zbekiston Nogironlari Assosiasiyasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milli assosiasiyasi, «Yuksalish» umummilliy harakati, «Ayol va shodlik» Ayollar va yoshlarni ijtimoiy himoya qilish markazi (Surxondaryo viloyati), «Dugonalar» Nogiron ayollar jamiyati (Toshkent viloyati) va boshqa bir qancha tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Tadqiqot 2024 yilning iyun-avgust oylarida tashkil etilgan bo‘lib, tadqiqotning maqsadi ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanish istiqbollarini baholashdan iborat edi. Tadqiqot bir qancha vazifalarni qamrab olgan bo‘lib, bulardan ijtimoiy tadbirkorlikning o‘sishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish uchun islohot talab qilinadigan sohalarni aniqlash, ijtimoiy tadbirkorlik jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etishga hamda O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga hissa qo‘shishga qanchalik mos kelishini aniqlash shular jumlasidandir. Tadqiqotda davlat idoralari mutaxassislari va nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar qoshida tashkil etilgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj vakillarini ish bilan ta’minlagan xususiy korxonalar rahbarlari qatnashdi.

«Progressiv islohotlar markazi tomonidan ijtimoiy tadbirkorlikni O‘zbekistonda rivojlantirish omillarini o‘rganish va ularga qulay shart sharoitlar yaratish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tadqiqot o‘tkazildi. Taklif va tavsiyalarning muammolarni yechishga qat’iy yo‘naltirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar hamda tashkilotlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida ijtimoiy tadbirkorlikni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish uchun tashkilotlarning taklif va tavsiyalari tinglandi va bu taklif va tavsiyalarga asoslanib tadqiqotimiz yakuniy xulosalarini tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi», — deydi markaz eksperti Rahmatilla Ubayev.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun tadqiqot guruhi keng qamrovli tahlil o‘tkazdi, bunda turli mamlakatlardagi ijtimoiy tadbirkorlikning huquqiy asoslarini qiyosiy tahlil qilish, O‘zbekiston va qo‘shni mintaqalarda ijtimoiy tadbirkorlik bo‘yicha mavjud tadqiqotlarni o‘rganish, shuningdek, davlat idoralari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va faoliyati ijtimoiy tadbirkorllikka mos keladigan xususiy korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan fokus-guruh muhokamalari va chuqurlashtirilgan suhbatlar orqali dastlabki ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish amalga oshirildi. Ushbu tadqiqot usullaridan foydalangan holda ijtimoiy tadbirkorlikni tashkil qilish uchun joriy shart-sharoitlar va muhit batafsil ko‘rib chiqildi va O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlar uchun qulayroq sharoit yaratishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur davra suhbatida, tadqiqot natijalari, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun imkoniyatlar va to‘siqlar hamda ijtimoiy tadbirkorlik sohasidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi.

Kiritildi: Bugun 18:06. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!