Xorijiy tillar bo‘yicha yuqori natijaga erishgan yoshlarga 80 mlrd 42 mln so‘m kompensasiya pullari qoplab berildi, deb yozadi Yoshlar ishlar agentligi axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, 42 779 nafar yoshning imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilgan.
Muhim jihati, 2024 yilda birgina IELTS imtihonidan 5,5 va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 2020 yilga nisbatan 5 baravarga, 7-8 ball (C1 daraja)ni qo‘lga kiritganlar 7,4 baravarga, 8,5-9 ball (C2 daraja)ga erishganlar esa 23,7 baravarga oshgani kuzatildi.
Shuningdek, tizimda yoshlar yana bir yangi imkoniyat yaratildi.
Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladigan minimal daraja bir pog‘onaga ya’ni B2 va unga tenglashtirilgan darajaga tushirildi hamda imtihon xarajati qoplab berilishi yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini «Xazna» ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.