O‘zbekistonda har bir OTMning noyob imij va brendi konsepsiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
🗓 Unga ko‘ra, 1-avgustga qadar har bir OTMning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
🔰 Bunda, har bir OTMning xususiyati, ilmiy va ta’lim sohasidagi yutuqlari, innovasion yo‘nalishlaridan kelib chiqib uning logotipi va vizual identifikasiyasi (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) yaratiladi.
🔰 Shuningdek, OTMlar o‘z brendi aks ettirilgan buyumlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi hamda oliygohlarning o‘zida ularning savdo shoxobchalarini tashkil etilishi belgilangan.
👔 Qaror loyihasida, 2025-yil noyabr oyiga qadar OTM logotipi, tashrif qog‘ozi, madhiyasi va vizual identifikasiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun logotip tushirilgan maxsus kiyim, suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi o‘yinchoq, fleshka va boshqa tegishli mahsulotlar yaratish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan.